Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi (qayta sotib olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq (kompensatsiya) toʻlanadi. Bunday holda oʻrniga-oʻrin berilgan mol-mulkka garov huquqi tatbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qoʻyuvchiga tegishi kerak boʻlgan haq summasidan (kompensatsiyadan) oʻz talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

(285-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)

Garov narsasi boʻlgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qoʻyilishi bekor boʻladi.

(285-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.

Garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda, garovga oluvchida oʻz talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi.

(285-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)