Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor boʻlgan, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi.

(178-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)