Farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
(170-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)