(172-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olinuvchi bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) oʻzaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) oʻrtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.
(172-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.
(172-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Bolaning ota-onasi yoʻq boʻlsa, shuningdek bolani ota-onasiga berish uning eng ustun manfaatlariga zid boʻlsa, u vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga beriladi.
(172-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olinuvchining familiyasi, ismi va ota ismini saqlash-saqlanmasligi koʻrsatilishi kerak.
Oʻn yoshga toʻlgan bolaning familiyasi, ismi va ota ismi faqat uning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.