Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari asosida himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan, maʼlum seriyasi, tartib raqami boʻlgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qoʻyilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan guvohnomalar beriladi.
(202-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yigʻimini undiradi.
(202-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Davlat gerbi tasvirlangan guvohnomani qalbakilashtirish qonunga binoan taʼqib etiladi.