Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etiladi, shaharcha, qishloq va ovullarda esa, oʻlim — fuqarolar yigʻini raislari tomonidan ham qayd etilishi mumkin.
(203-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son) )
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻlimni roʻyxatga olish borasidagi harakatlari oʻzlari joylashgan hududlardagi tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining nazorati ostida boʻladi.
(203-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayd etiladi.
(203-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)