Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgach, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ulardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlarini saqlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

(204-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)