Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.

Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.

Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart.

(73-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)