Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos boʻlgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) daʼvosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, daʼvoni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)