Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, —
mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlmagan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —
(165¹-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(165¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi OʻRQ-1120-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-iyun)
Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(165¹-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi OʻRQ-1120-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-iyun)
Ushbu moddaning birinchi qismi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.
(165¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)