(175¹-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi subyektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining toʻgʻriligi hamda ishonchliligini taʼminlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini oʻtkazmaganlik, —

(175¹-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(175¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(175¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)