Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(176³-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(176³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)