Xodimlar sonini yashirish —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(175⁵-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-iyundan kuchga kiradi)

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(175⁵-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-iyundan kuchga kiradi)