Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa maʼmuriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Bitta maʼmuriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.