Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.

Jarimaning miqdori maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak.

(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Baʼzi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)

(25-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1075-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1075/0597-son)