Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

(245⁹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)