Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224¹-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

(248²-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi OʻRQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tarzida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqli.

(248²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi OʻRQ-753-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/753/0133-son)