Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshligʻi asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.

(268-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi OʻRQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)