Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy taʼsir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

(257-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari;

tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.

(257-modda ikkinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)