Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(265-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7 iyuldagi OʻRQ-852-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/852/0461-son — 2023 yil 9-oktabrdan kuchga kiradi)
(266-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)