(22-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi:

(22-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi;

mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;

mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;

mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.

Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi.

(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)