(25²-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Probatsiya boʻlinmasi:
(25²-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
mahkumlarning hisobini yuritishi;
mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi;
mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.