Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.

(25⁷-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 45¹ yoki 82¹-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi.

(25⁷-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)