Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs:
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi;
(25⁵-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi;
oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;
majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi;
yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart.
(25⁵-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)