Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
(23-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash;
(23-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish.
(23-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)