Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati:
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi;
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi;
mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan taʼminlashi;
mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida maʼlumotlar taqdim etishi;
(25⁴-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart.
(25⁴-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)