Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(128⁷-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1055-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 03/25/1055/0330-son)