Transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish, —

(140-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, —

(140-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(140-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)

(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1075-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1075/0597-son)