Kema haydovchilari tomonidan kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish, shuningdek kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik vositasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish, —
(132-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)