(138-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi OʻRQ-289-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)

Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi, —

(138-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-985-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/985/0861-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 29-noyabr)

maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-fevraldagi OʻRQ-1116-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 03/26/1116/0110-son)

Haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —

maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-fevraldagi OʻRQ-1116-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 03/26/1116/0110-son)

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-985-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/985/0861-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 29-noyabr)

Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, —

(138-modda oltinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-985-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/985/0861-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 29-noyabr)

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

(138-modda beshinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)