Temir yoʻl, havo va suv transportida qoʻl yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(142-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badboʻy moddalar va ashyolarni topshirish —
ana shu moddalar va ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyib yoki olib qoʻymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(142-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(142-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)