Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining toʻrtinchi qismida, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

(245¹-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)