Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

(267-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)

(267¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi OʻRQ-14-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 374-modda)