Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227¹, 227², 227⁵, 227⁶, 227⁷, 227¹⁰, 227¹¹, 227¹²-moddalarida, 227¹³-moddasining uchinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi qismida, 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

(262-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1075-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1075/0597-son)

Bojxona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojxona organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

(262-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.

(262-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-720-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)