Ushbu Kodeksning 193⁴ va 215⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

(245¹⁰-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi OʻRQ-931-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son — 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kiradi)

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

(245¹⁰-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)