Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
(245⁴-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
(245⁵-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)