(264¹-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)

Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175² va 175⁸-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

(264¹-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

(264¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)