Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish —
(65-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(65-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-apreldagi OʻRQ-1128-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 03/26/1128/0349-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-iyul)
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
(65-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(65-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
(65-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(65-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qishloq xoʻjaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(65-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)