Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(78-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)