Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(93-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)