Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(70¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(70¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)