Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —

maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(70²-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-984-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/984/0860-son)