Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xoʻjaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat koʻrsatish, jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga toʻsqinlik qilish, —

(66-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(66-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)