Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, shu jumladan notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(197²-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)