(210-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)

Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish —

(210-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)

berish taqiqlangan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(210-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)