(224²-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi OʻRQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish

(224²-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi OʻRQ-832-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(224²-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(224²-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)