Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oʻn ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(198-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(198-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)