Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
(197⁷-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi OʻRQ-827-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/827/0173-son)