Ota-onalarning, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining oʻz qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan oʻzlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(207-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)