(212-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Xoʻjalik faoliyati subyektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi;
(212-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(212-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(212-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik —
(212-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(212-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(212-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)